Yordam

Eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar.

NMarket nima?

NMarket — Minecraft plaginlari, modlari, sborkalari hamda kod va dasturiy ta'minot mahsulotlarini (skript, bot, vebsayt shablon, source-code) sotib olish va sotish uchun o'zbekcha marketplace.

Balansni qanday to'ldiraman?

Kabinet → Balans → «To'ldirish» tugmasini bosing. Tizim sizga aniq summa va Humo karta raqamini ko'rsatadi. Aynan o'sha summani o'tkazsangiz, to'lov avtomatik aniqlanadi va balansingizga qo'shiladi (odatda 1-2 daqiqada).

Mahsulotni qanday sotib olaman?

Mahsulot sahifasida «Sotib olish» tugmasini bosing — narx balansingizdan yechiladi va fayl yuklab olish uchun ochiladi. Bepul mahsulotlarni to'g'ridan-to'g'ri yuklab olish mumkin.

O'z do'konimni qanday ochaman?

Kabinet → «Mening do'konim» → do'kon nomini kiriting. Keyin mahsulot qo'shib, fayl (versiya) yuklaysiz va sota boshlaysiz.

Sotgan pulimni qanday olaman?

Kabinet → Balans → «Pul chiqarish». Summa va karta raqamingizni yuboring. Admin so'rovni ko'rib chiqib, kartangizga o'tkazadi. Minimal chiqarish — 10 000 so'm.

Komissiya qancha?

Har bir sotuvdan platforma 10% komissiya oladi. Qolgan 90% to'g'ridan-to'g'ri balansingizga tushadi.

Fayllarim xavfsizmi?

Pullik mahsulotlar faqat sotib olgan foydalanuvchilargagina yuklab olish uchun ochiladi. Egalik server tomonida tekshiriladi.